» » » Mashhur insonlar haqidagi siz bilmagan faktlar

Mashhur insonlar haqidagi siz bilmagan faktlar

Mashhur insonlar haqidagi siz bilmagan faktlar
Faktlar
Prizma
Фото: c просторов интернета
23:53, 21 декабрь 2019
290
0

Napoleon Bonapart

  Napoleon Korsika orolining Ayachcho hududida tug‘ilgan bo‘lib, uning barcha ajdodlari florensiyaliklar bo‘lishgan. Shu sababni uni fransuz emas, italiyalik, aniqrog‘i korsikalik deb atash mumkin. Napaleon yoshlik paytlarida maktabda italyan tilini o‘rgangan, fransuz tilini esa 10 yoshga kiribgina o‘rgana boshlagan.
  Bonapart Fransiya va Italiya imperatori sanalgan. Shu sababli Italiyaning bayrog‘i ishlab chiqilayotgan paytda ish boshida turgan, asos sifatida esa Fransiya bayrog‘idan foydalanganlar. Bu o‘rindagi yagona o‘zgarish moviy rangning yashilga almashtirilishi bo‘lgan. 


Avraam Linkoln

  Avraam Linkoln Amerika Qo‘shma Shtatlarining eng mashhur prezidentlaridan biri edi. U yoshlik paytlarida tajribali kurashchi bo‘lgan. U ko‘p hollarda olomonga qarata ularni kurashishga chaqirgan, istalgan odam bilan kuch sinashishi mumkinligini aytgan. Aynan shu kabi harakatlari sababli unga "Kurashchilar shuhrati" milliy zalidan joy ajratganlar. Uning kurashchi sifatidagi laqabi "Haqqoniy Eyb" bo‘lib, hamisha o‘z qarzlarini to‘lig‘icha qaytarish odatini sababli ham mazkur nomga munosib ko‘rilgan.


Janna d’Ark

  Jannad’Ark yashagan zamonlarda sochlari qirqilgan qizlarni uchratish deyarli imkonsiz edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Janna allaqanday turtki sabab bu ishni birinchilardan bo‘lib sinab ko‘rgan. Oradan 500 yil vaqt o‘tib fransuz qahramoni haqidagi ushbu fakt polshalik sartaroshlardan birini ilhomlantirib yuborgan va buning oqibatida sartarosh mashhur "Bob" turmagini yaratgan.


Albert Eynshteyn

  Buyuk fizik 1955 yilda yorug‘ olamni tark etgan. Uning o‘lim sababi aorta tomirining yorilishi bo‘lib, ushbu natija patologoanatom Tomas Xarvi tomonidan ma’lum qilingan. Ammo Xarvi fizikning o‘lim sababini topish bilan cheklanmagan ekan. U olimning miya qismini o‘rganib, uni bosh suyagidan ajratib olgan va bo‘sh qolgan sohani balzam bilan to‘ldirgan. Eng qizig‘i, oddiy odamlarning miyasi og‘irligi 1400 grammga teng bo‘lsa, Eynshteynda bu ko‘rsatkich 1230 grammni tashkil qilgan.


Merilin Monro

  Tarixningeng go‘zal va omadli aktrisalaridan biri bo‘lmish Merilin Monroning taqdiri juda og‘ir hamda baxtsiz edi. Uning onasi uzoq vaqt davomida ruhiy kasalliklar shifoxonasida davolangan, shu sababli qiz yetimxonada ulg‘aygan. Uni 11 marta turli oilalar asrab olmoqchi bo‘lishgan, ammo har safar yetimxonaga qaytarib olib kelaverganlar.


Karl VII

  Ko‘pchilik uchun tanish bo‘lgan "Qirol o‘ldi, yashasin qirol!" jumlasi ilk marta Karl VII ning toj kiydirish marosimida aytilgan. Bu hodisa 1422 yilda sodir bo‘lgan edi. Mashhur jumlani avvalgi qirolni dafn etayotgan paytda aytishgan. Uning ma’nosi esa qirollikning bir odamdan ikkinchisi qo‘lida o‘tishini anglatgan.


Charlz Darvin

  Bizuchun mahur nazariya orqali tanish bo‘lgan olim aslida biologiya sohasida maxsus ma’lumotga ega bo‘lmagan. Maktabni bitirgan Darvin oilaviy an’anani davom ettirish uchun tibbiyot sohasiga, Edinburg universitetiga o‘qishga kiradi.
Ammo tez orada tibbiyotni sohasini ham tashlab ketadi. Boisi olim qondan haddan tashqari qo‘rqar edi.
Balki bu siz uchun yangilik bo‘lar, ammo Charlz Darvin hech qachon odamning maymundan tarqalganini tasdiqlamagan. U shunchaki odamlar va odamsimon maymunlarning umumiy ajdodi bo‘lishi mumkinligi haqida tahmin qilgan, bu esa bir-biridan butunlay farqli tushuncha. 


Yuliy Sezar

  Yuliy Sezar hamisha va har yerda lavr yaproqlaridan tayyorlangan gulchambar taqib yurgan. Hukmdor bu orqali sochlarining to‘kilayotganini berkitmoqchi bo‘lgan ekan.


Ispaniya qiroli Alfonso XIII

  Qirol Alfonso XIII saroyidagi maxsus lavozimda - madhiyachi faoliyat olib borgan.Alfonso XIII musiqiy qobiliyatga ega bo‘lmagan, shu sababli ham madhiyani boshqa kuylardan ajrata olmasdi. Madhiyachining vazifasi esa qirolga milliy madhiyaning yangray boshlagani haqida avvaldan xabar qilib qo‘yish sanalardi. 


Genri Ford

  Mashhur tadbirkor Genri Fordning kompaniyasiga xodimlarni ularning salomatligidan qat’iy nazar qabul qilishardi. Misol uchun 1917 yilda kompaniyada 6000ta nogiron mehnat qilgan. Shu tariqa bu kompaniyaning o‘zgarmas an’anasiga aylanib qoldi.
Bundan tashqari tadbirkor barcha xodimlarga bir hil maosh berishni ham muhim deb bilgan. Fordning aytishicha, jismoniy imkoniyatlari cheklangan insonlar bir hil turdagi ishlarni bajarish uchun boshqalarga nisbatan qobiliyatliroq bo‘lganlar.  


Xristofor Kolumb

  Afsonalar orasida Kolumbga hasad qilgan insonlar va dengizchining ularga nisbatan javobi haqidagi hikoya ham bor. Ushbu g‘iybatchi insonlar Kolumbga hamisha Amerikani ochish unchalik qiyin bo‘lmaganini  takror aytishardi. Tabiiyki, ispan dengizchisi bundan g‘azablanardi. Kolumb ularga nisbatan quyidagicha chora ko‘rishga qaror qildi: dengizchi raqobatchilarining barchasiga bittadan tuxum olib, uni tik holatda qo‘yish kerakligini aytadi. Ular qanchalik harakat qilmasinlar, buning uddasidan chiqa olishmaydi.
Shunda tuxumlardan birini qo‘lga olgan dengizchi uni tezkor ravishda aylantiradi va shu holatda stol ustiga qo‘yadi. Keyin esa qolganlarga qarata "Amerikani kashf qilish mana shunday " oson" bo‘ldi" degan ekan.


Volter

  Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, Volter qahva ichishni juda ham yaxshi ko‘rgan. U kuniga 50 finjon qahvani paqqos tushirardi. To‘g‘ri, bu biz uchun odatiy qahva emas, shokolad va qahvali qorishma bo'lgan. Bu kabi tetiklashtiruvchi ichimlikka ro‘ju qo‘ygan faylasufga qarata atrofdagilar uning tez orada o‘lishini bashorat qilganlar. Ammo Volter 83 yil umr ko‘rib ularni hayratga qoldirgan. 

Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Обсудить (0)