» » » 5ta kutilmagan ma'lumot: Tashnalik haqida qiziqarli faktlar

5ta kutilmagan ma'lumot: Tashnalik haqida qiziqarli faktlar

5ta kutilmagan ma'lumot: Tashnalik haqida qiziqarli faktlar
Foydali / Qiziqarli
Prizma
Фото: c просторов интернета
11:39, 01 февраль 2020
168
0
1.Chanqoqlik kasallikning belgisi bo’lishi mumkin
Chanqoqni qondirish uchun nima qilish kerak? Javobi oson: suv ichish kerak. Lekin bu har doim ham yordam bera olmaydi, chunki tashnalik insonda kasallikning belgisi bo’lishi mumkin. Birinchi navbatda asab va endokrin tizimidagi xastalikning belgisi bo’lishi mumkin. Shuning uchun, agar sizni chanqoqlik bezovta qilsa terapevtga murojaat qiling.
2. Shirin ichimliklar chanqoqni kuchaytiradi
Tuganmas chanqoqni yana bir sababi – noto’g’ri ichimliklar. Kvas, shirin gazli suv, paketdagi sharbatlarning tarkibida juda ko’p shakar bor va bunday ichimliklar ichilgandan keyin insonni yana chanqov bosadi.
3. Issiq choy chanqoqlikni tez bosadi va issiqdan qutqaradi
Osiyo mamlakatlarida issiq kunda nima ichiladi? Mashhur choyxona haqidagi qo’shiq esingizga tushdimi? Issiq, har qanday holatda ham, shirin bo’lmagan choy – issiqdan himoyalanishga yaxshidir. U ter chiqib ketishiga va organizmni sovutishga qodir. Ammo bunday ichimlikni quyosh nurlari tushib turganda ichish hammaning qo’lidan kelavermaydi. Mana yozning jazirama issiq kunida muzdek ichimlik ichish zarar berishi mumkin. Bu yerda gap faqat isitma chiqishi haqida emas. Muzdek ichimlikning badan harorati kabi isishiga organizmning ko’proq quvvat sarflashiga to’g’ri keladi.
4. Qahva organizmni suvsizlantirmaydi
Hozirgi kunda qahvaning siydik haydovchi xususiyati hamda uning organizm hujayralarini suvsizlanishiga olib kelishi haqida ko’p gapirilmoqda. Olimlarning ta’kidlashlaricha esa qahvaning siydik haydash hususiyati suvnikidan kuchli emas, shuning uchun u suvsizlikni keltirib chiqara olmaydi. Agar bu gap rost bo’lganda, kasalxonalarda qahva iste’molidan jabr ko’rgan odamlar to’lib ketar edi.
5. Ko’proq toza suv iste’mol qiling
Oddiy gazsiz suv – inson uchun eng yaxshi ichimlik va chanqoqni bosish vositasidir. Ammo shuni unutmaslik lozimki, intensiv jismoniy harakatlardan keyin birdaniga ko’p suv ichish mumkin emas. Chunki uning natijasida yurakda zo’riqish yuz berishi mumkin.
Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Обсудить (0)