» » » Hayotimizda kerak bo'ladigan layfhak

Hayotimizda kerak bo'ladigan layfhak

Hayotimizda kerak bo'ladigan layfhak
Foydali / Qiziqarli
Prizma
Фото: c просторов интернета
22:22, 03 февраль 2020
133
0
Dunyoning turli burchaklarida faoliyat olib boruvchi dizaynerlar har yili inson hayotini yengillashtirishga mo’ljallangan minglab vosita va usullarni yaratishadi. Bu oshxona gadjetlari ham, maishiy devayslar ham bo’lishi mumkin. Ammo qo’lingiz ostida zamonaviy vositalar bo’lishiga qaramay, har ishga idrok bilan yondoshmas ekansiz, ularning keragi bo’lmay qoladi.
Universal batareyalar
Biror texnika vositasi uchun sotib olgan batareyangiz o’rnatilishi kerak bo’lgan joyga to’g’ri kelmasa va kichikroq bo’lsa, uning ikki tomoniga folga qog’ozidan o’rab ishlatishingiz mumkin.
Klaviatura “oyoqchalari”
Bindur “quloqcha”laridana klaviaturani biroz ko’tarish uchun foydalansa bo’ladi. Bunday balandlikdagi klaviturada ishlash ham qulay bo’lib, qo’llaringiz bir pasda charchab qolmaydi.
Poyabzal aromatizatori
Poyabzalda yig’ilib qoladigan noxush hidni oddiy choy paketlari yordamida yo’qota olasiz. Har kuni kechurun oyoq kiyimi ichiga poy paketlarini solib qo’ying. U barcha yoqimsiz hidni o’ziga singdirib oladi va poyabzalingiz musaffo hamda yoqimli hid taratadi.
Qovurilgan tuxumning ideal shakli
Tuxumni dum-dumaloq holatda qovurish uchun katta piyozni kesib, uning bir dona halqasini tova ustiga qo’yasiz va ichiga tuxum chaqasiz.Tuxum juda chiroyli va ishtahali bo’lib pishadi.
Noutbukni sovitish
Tuxumlar uchun mo’ljalangan karton bo’laklarini noutbukni qo’yish uchun ishlatsangiz bo’ladi. Bunday ayyorlik noutbukning pastki qismida ham havo aylanishini ta’minlab, qizib ketishining oldini oladi.
Qichqich
Oddiygina kantselyariya qisqichi – binderdan bo’shab borayotgan tish pastasi idishi uchun foydalanish mumkin. Bunday usul bilan tish pastasini oxirgi tomchilariga qadar ishlata olasiz va tejamkorlik qilgan bo’lasiz.
Skotch
Skotchning uchini qidirib, vaqt sarf etib yurishni istamasangiz, uni ishlatib bo’lgach, uchiga skrepka yopishtirib qo’ying.
Telefon kolonkasi
Telefon dinamigini kuchaytirish uchun o’zingiz yasagan vositalardan ham foydalaningiz mumkin. Buning uchun karton naycha va ikkita stakan kerak bo’ladi holos.
Mashina parkovkasi
Mashinalar bir-biriga yaqin turgan tor joyga kirishingiz kerak bo’lsa, mashinaning orqa tomoni bilan harakatlanganingiz ma’qul. Bunday usul bilan yoningizdagi mashinalarga zarar yetkazmagan holda avtoulovni o’z o’rniga to’xtata olasiz.
Faralarni tozalash
Tish pastasi – faralarni tozalash uchun mo’ljallangan eng qimmat vositalarni ham ortda qoldira oladi. Yumshoq mato bilan ozroq tish pastasini faralar ustiga surting va bir necha daqiqaga qoldirib qo’ying. So’ng suv va quruq latta bilan yaxshilab tozalab olasiz.
Sutning toshib ketmasligi uchun
Tajribali uy bekalari sut yoki boshqa turdagi suyuqlikning toshib ketmasligi uchun qozon yoki kastyulka ustiga yog’och qoshiq joylab qo’yishadi. Bunday usul bilan suyuqlik toshib ketmaydi, pechkangiz ham toza turadi.
Ichimlikni sovitish
Shisha butilkalar ichidagi ichimlikni tez fursat ichida sovitishingiz kerak bo’lsa, biror turdagi matoni namlab oling va idish atrofiga o’rab, sovutgichga qo’ying. Bunday usul uning tezroq sovishiga yordam beradi.
Mayda buyumlar
Oddiygina pul rezinkasini avtomobildagi ventilyator panjarasiga o’tkazib, mayda buyumlarni unga biriktirib qo’ya olasiz.
Telefoningiz tirnalib ketmasligi uchun
Telefon ekranidagi mayda tirnalishlarni oddiygina tish pastasi yo’qota oladi. Buning uchun ekran yuzasiga pastadan surib, yumshoq mato yordamida ehtiyotkorlik bilan artib olish kerak.
Telefon tutqichi
Oddiy ichimliklar qopqog’i idishining o’rtasidan kesib, undan telefon tutqichi sifatida foydalansa bo’ladi. Bu sevimli film va seriallaringizni ko’rish paytida juda asqotadi.
Tova va qozon qopqoqlari
Tova va qozon qopqoqlarini shkaflar eshigiga o’rnatib chiqsangiz, ularni izlab topishga ham alohida vaqt sarf etib yurmaysiz. Buning uchun shkaf eshigiga bir nechta tutqichlar o’rnatib qo’ysangiz kifoya.
Noutbuk dinamigi
Bir martalik stakanni ikkiga bo’lib, noutbuk dinamigini anchagina balanroq qilsa bo’ladi.
Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Обсудить (0)