» » » Qizlar uchun maslahat: chiroyli qadam tashlash qoidalari

Qizlar uchun maslahat: chiroyli qadam tashlash qoidalari

Qizlar uchun maslahat: chiroyli qadam tashlash qoidalari
Foydali / Qiziqarli
Prizma
Фото: c просторов интернета
11:25, 09 февраль 2020
366
0
Hech qachon tez tez qadam bilan yurmang.  Siz juda tez qadam tashlasangiz, bu kuchli ammo hovliqma va salga lovillab ketuvchi inson ekanligingizdan darak beradi. Bundan tashqari ko’pincha kechikuvchan odamlar shoshib yurishadi.

Hamisha yurganda gavdangizni tik holatda tutib, qorningizni tortib yuring. Bunday holatda oyoqlaringiz bir- biriga yaqin holatda turishi lozim, lekin juda chayqalib ham yurmang. Unutmang chayqalib, lapanglab yurish mast odamlarga xos. Chiroyli yurish quyidagi omillarga bog’liq:

tovonni to’g’ri qo’yish;

qo’llar xarakati;

gavdani tik tutish;

qulay oyoq kiyim.

Qadam tashlayotganingizda oyog’ingiz tagiga qaramang, ammo iyagingizni ham ko’tarib yurmang. Oltin o’rtalikni tanlang.  O’zingizdan bir  oz oldinga nigoh tashlab yuring, ammo kerakli masofa sizga ochiq oydin ko’rinib tursin.

Baland poshna ayol kishini qaddi-bastini ko’rkamlashtirib, uning kiygan libosiga ham,tashqi qiyofasiga ham jozibadorlik ulashadi. Ammo baland poshnada qoyil-maqom qadam tashlashni hamma ham eplolmaydi. 
Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Обсудить (0)