» » » O'zingiz uchun vaqt ajratishni o'rganing

O'zingiz uchun vaqt ajratishni o'rganing

O'zingiz uchun vaqt ajratishni o'rganing
Foydali / Qiziqarli
Prizma
Фото: c просторов интернета
19:14, 15 февраль 2020
135
0
Vaqt shunchalar tezkorlik bilan o‘tib boryaptiki, tasavvur qila olmaysiz - tongda bir soat vaqtingiz majlis uchun, yana bir soat yo‘ldagi tirbandliklar, kunning1/3 qismi ishda o‘tadi. Do‘stlaringiz va oilangiz bilan taomlanasiz, farzandingizning bog‘cha yoki maktabdagi majlisiga borib kelasiz - qarabsizki, kun oxirlab qoladi. Bilsangiz taym-menejment bilimlari bizning zamonamizda o‘ta ommalashib ketgani bejizga emas. Biroq ushbu ko‘nikmani o‘zlashtirib olish uchun ham sizdan biroz vaqt talab etiladi. Demak bugun o‘ta band insonlar uchun ham bo‘sh vaqt topish usullari bor ekanligini isbotlashga harakat qilamiz. 

Har bir vazifani bajarish uchun ma’lum bir vaqt belgilang
Natija: 1 soat vaqt tejaladi
 

Hech e’tibor berganmisiz, vaqtingiz tig‘iz bo‘lib turgan bir paytida odatiy vazifalarni doimgidan tezroq bajarasiz. Dedlayn tushunchasi ajoyib narsa - u o‘zingizni nazorat ostida ushlab turish uchun yordam beradi. Har bir vazifa uchun ma’lum vaqtni belgilab oling, shu tariqa bir ishni ko‘proq, bir ishni esa kamroq vaqt davomida bajarish odatidan ham qutulasiz.

Ishlarni birlashtiring
Natija: 1 soat tejaladi
Sevgan yoringiz bilan tonggi sayrga chiqqan paytingizda fitnes mashqlari bilan  shug‘ullaning. Dugonaningiz bilan ko‘rishmoqchi bo‘lsangiz, uni biror ko‘zgazmaga taklif qiling. Mashinaningiz bilan tirbandlikda qolib ketsangiz, audiokitoblar tinglang, ish bo‘yicha belgilangan uchrashuv davomida tushlik qilib olishga ham ulguring. Bu bir o‘q bilan ikki quyonni urish demakdir! 

O‘zingiz uchun eng samarali ish vaqtini aniqlab oling.
Natija: Bir necha soat tejaladi
Bugungi kunda ish faoliyatlari grafigi nisbatan yengillashgan bo‘lib, ayrim ishlar uchun tongdan tunga qadar bir yerga o‘tirib mehnat qilishingiz talab etilmaydi.

Bilasizki, ayrim insonlar tun paytida orom olib tektiklashsalar,  yana ayrimlar uchun tunda ishlab, kunduzi ishlash qulayroq sanaladi. Shaxsiy grafikni tuzib olish orqali esa ko‘plab foydali jihatlarga erishingiz mumkin.

Kun davomida ofisdagi kursida uyqusirab o‘tirgancha oqshom payti vazifalarni uyga olib borib bajarsangiz, ushbu tavsiyamiz aynan siz uchun!

Ijtimoiy tarmoqlarda yashamang!
Natija: 1-5 soat vaqt tejaladi.
Ijtimoiy tarmoq - zamonaviy jamiyatning ajralmas bir qismiga aylanib bo‘lgan. Boisi har kuni telefoningizni tekshirib keyin ishga otlanasiz, barcha sevimli akkauntlaringizni ko‘zdan kechirib uyquga ketasiz, tushlik paytida ham do‘stlaringiz bilan tarmoqlar orqali  suhbat qurishni unutmaysiz. Bu borada ma’lum bir chegara bo‘lishi kerak (misol uchun ijtimoiy tarmoqlarga kung davomida faqat 3 martanazar tashlashga harakat qiling.) Ammo bu ishning uddasidan chiqa olmasangiz, mazmuni bir hil bo‘lgan kanallardan faqat bittasinigina qoldirib, qolganlarini o‘chiring, jiddiy ishlar bilan shug‘ullanayotganingizda ijtiomiy tarmoqlar haqida butunlay unuting.

Reja tuzing
Natija: 30 daqiqa tejaladi
Barcha ishlarni kichik yon daftarga qayd etib borish juda foydali bo‘lib, kelgusidagi vazifalaringizni aniqlab olish uchun ham yordam beradi. Shunisi aniqki, rejadagi ishlarning barchasini to‘liq bajara olmasangiz ham, jarayon miyadagi o‘ylash faoliyatini to‘g‘ri tashkillashtirish, begona va ortiqcha narsalarga chalg‘imaslik uchun yordam beradi. 

"Tinchlik" rejimi
Natija: 1 soat vaqt tejaladi
Odatda birga ishlaydigan hamkasblaringiz sizni jiddiyishlardan muntazam ravishda chalg‘itaveradilar. Ulardan bir necha soat davomida bezovta qilmasliklari haqida so‘rang. Shu tariqa ishlaringizni tezroq bajarib olishingiz va o‘zingiz uchun biroz vaqt ajratishingiz mumkin. Mazkur rejim ishga tushirilgan paytda telefonni  ham o‘chirib qo‘yish tavsiya etiladi. 

Televizorni o‘chiring
Natija: Yarim soat tejaladi
Televizor qarshisida o‘tirib olgancha nonushta qilish va taomlanish vaqtni samarasiz usulda sarflanishiga olib keladi. Birinchidan sevimli qahramonlaringiz hayotiga mahliyo bo‘lib turgan paytda miyangiz to‘yganlik haqidagi signalni qabul qila olmaydi. Shu tariqa qancha taom iste’mol qilganingizni ham bilmay qolasiz. Ikkinchidan qahramonlar o‘z muammolarini hal qilayotgan paytda sizning 10 daqiqalik hordiq onlaringiz ko‘proqqa ham cho‘zilishi mumkin. 

Rad qilishdan qo‘rqmang
Natija: 30 daqiqadan bir necha soatgacha vaqt tejaladi.
Siz uchun ajoyib maslahat: Har yerda, hamisha va har doim, hamma ishga ulgurish sizning majburiyatingiz emas. Har qalay bugun farzandingizni to‘garakka olib bormoqchi bo‘lsangiz, dugonangiz bilna ham shu kunning o‘zida uchrashish uchun harakat qilmang. Unchalik ham yaxshi tanish bo‘lmagan odamlar davrasidagi bazmni esa butunlay hayoldan chiqarishingiz mumkin

Dam olish kunlari ishlamang
Natija: bir necha soat vaqt tejaladi
Hech e’tibor qilganmisiz, odatda haddan tashqari ko‘pishlaydigan insonlar hech narsaga ulgurmaslikdan ko‘p nolishadi. Gap shundaki, o‘ta mehnatkash insonlar dam olish kuni ham o‘z vaqtlarini ishlash uchun sarfladilar. 

Ularning ko‘zlariga ishdan boshqa hech narsa ko‘rinmaydi, shu tariqa yaqinlar bilan muloqot qilish, do‘stlar bilan uchrashish, hayotning asl go‘zalliklarini ko‘rish uchun vaqt yetishmay qoladi.

Bilsangiz, ayrim mamlakatlarda xodimlarning dam olish kunlarida ham bezovta qilinishi qonuniy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.

Shu tufayli dam olishingiz uchun ajratilgan vaqt va kunlarni ishlash uchun sarf eta ko‘rmang.
Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Обсудить (0)