» » » Dunyodagi eng qimmat o'yinchoqlar

Dunyodagi eng qimmat o'yinchoqlar

Dunyodagi eng qimmat o'yinchoqlar
Layfxak / Qiziqarli
Prizma
Фото: c просторов интернета
17:00, 02 апрель 2020
126
0
Astolat qo‘g‘irchoqlar saroyi - $8,5 mln
Astolat qo‘g‘irchoqlar saroyi 1974-1987 yillar davomida Koloradolik miniatyurachi Eleyn Dil tomonidan yaratilgan bo‘lib, uning rasmiy narhi 8,5 million dollarni tashkil qiladi. Saroy 7 qavatdan iborat, unda 29 ta xona mavjud. Tom qismi misdan, devorlari esa yog‘ochdan ishlangan. Ayrim devorlar ochiq holatda ishlangan bo‘lib, bu saroyning ichki qismini tomosha qilish uchun imkon beradi. Yoritish tizimi kunduzgi va tungi rejimlar asosida ishlaydi. 

L’Oiseleur ("Qush o‘rgatuvchi")- $6,25 mln
"L’Oiseleur" fransuz tilidan tarjima qilinganda "Qush o‘rtaguvchi" degan ma’noni beradi. Ushbu o‘yinchoqning bo‘yi 120 santimetrga teng bo‘lib, qo‘g‘irchoqqa Uyg‘onish davriga xos bo‘lgan liboslar kiydirilgan. O‘yinchoq fleyta chalish imkoniyatiga ega. Qo‘lida nay tutib olgan,yelkasida esa qushlar tasvir etilgan. Ushbu qushchalar qanotlarini qoqish va sayrash imkoniyatiga ham ega. 

Madame Alexanderdan Elioz qo‘g‘irchog‘i - $5 mln
2000 yilda Madame Alexander kompaniyasi jahon tan olgan dizayner va modelyerlar bilan birgalikda qo‘l mehnati asosida o‘ziga xos Barbi qo‘g‘irchog‘ini ishlab chiqqan. Kompaniya o‘z ijod namunasiga Elioz deya ism bergan bo‘lib, bugungi kunda qo‘g‘irchoqlarning har beshta namunasi ham shaxsiy kolleksiyalar tarkibida saqlanadi. Qo‘g‘irchoq uchun taqinchoqlarni 9 karatli olmosdan Garri Vinstonning shaxsan o‘zi ishlagan bo‘lsa, hashamatli libosini Oskar de la Renta ijodkorlari tikib berganlar.

Lamborghini avtomobilining o‘ziga xos modeli - $4,6 mln
Bu Lamborghini Aventador LP 700-4 modelining ayni nusxasi bo‘lib, nemis injeneri Robert Gulpen tomonidan yaratilgan. U dunyodagi eng qimmatbaho mashina modeli sanaladi, ustki qismi uglerod tolalari va yupqa oltin qatlami bilan qoplangan. Kuzovning qolgan qismida 25 kilogrammga teng bo‘lgan qimmatbaho metallar mavjud bo‘lib, mazkur detal 22 karatli oltinning 500 kilogrammli bo‘lagidan kesib olingan.

Shimanski futbol to‘pi - $2,59 mln
Futbol bo‘yicha har to‘rt yilda bir marta o‘tkaziluvchi jahon birinchiligi sharafiga Janubiy afrikalik zargar Yair Shimanski tomonidan 2010 yilda yaratilgan futbol to‘pi haqiqiy koptok o‘lchamida. Olmosli koptokning og‘irligi 2 kilogrammga teng bo‘lib, narxi salkam 3 million dollarni tashkil qiladi. Zargarlik namunasini yaratish uchun 620 ta oq va 2640 ta qora olmos toshlari kerak bo‘lgan. 

Steiffdan Teddi ayiqchasi - $2,1 mln
Dunyodagi eng qimmat Teddi ayiqchasi 2000 yilda Germaniyaning Steiff kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Taxminlarga ko‘ra, bu XX asr boshlarida ishlab chiqaruvchi tomonidan tikilgan dunyodagi birinchi yumshoq ayiq o‘yinchog‘i bo‘lgan. Ayiqchaga kiydirilgan libos Louis Vuitton brendi tomonidan ishlangan.

Kubik Rubik - $1,5 mln
Dunyodagi eng qimmat Kubik Rubik  18 karatli oltindan rubin va zumrad toshlari bilan ishlangan. Aytishlaricha, Kubik Rubik dunyodagi eng ko‘p sotiladigan o‘yinchoq ham sanaladi. Shu kunga qadar uning turli namunalaridan 450 million nusxasi o‘z egalari tomonidan harid qilingan

Tebranma toychoq - $600 ming dollar
Ginza Tanaka  zargarlikuyi 30 kilogramm oltindan Yaponiya shahzodasi Akisinoning tug‘ilishi munosabati bilan uning uchun tebranma toychoq yasagan. Ammo o‘yinchoq kutilganidek qulay bo‘lib chiqmadi, toychoq haddan tashqari og‘ir bo‘lgani sababli uni bir joydan ikkichisiga ko‘tarib o‘tkazish katta kuchni talab qiladi.

Stefano Canturi Barbie- $302 500 dollar
Taniqli dizayner Stefano Canturi tomonidan 2000 yilda yaratilgan ushbu qo‘g‘irchoq yagona nusxada yaratilgan bo‘lib, shu zahotiyoq barcha kolleksionerlarning orzusiga aylandi. Uning qimmatbaho ekanligigiga sabab shundaki, odatiy Barbi qo‘g‘irchoqlaridan farqli o‘laroq, uning qo‘l va oyoqlari bukila olgan. Bu esa qo‘g‘irchoqqa turli obrazlarga kirish uchun imkon bergan. 
Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Обсудить (0)