» » » Ayollar pardozi uchun foydali buyum: sponj

Ayollar pardozi uchun foydali buyum: sponj

Ayollar pardozi uchun foydali buyum: sponj
Layfxak / Foydali
Prizma
Фото: c просторов интернета
19:56, 06 апрель 2020
104
0
Bugungi kunda savdo rastalarida oval hamda tuxumsimon shaklga ega bo‘lgan sponjlarning juda ko‘p ekanligini sezgan bo‘lsangiz kerak. Garchi sponjlar son-sanoqsiz pardoz cho‘tkalarining o‘rnini to‘liq bosa olmasa ham ularning bir qismini chetga surib qo‘yish uchun imkon beradi.

Ushbu vosita yordamida nafaqat tonal vositasini teri ustiga surtish, balki yuzni yengil va tabiiy krem qatlami bilan qoplab olish mumkin. Bundan tashqari sponjlardan yuzni konturlash, yonoqlarga urg‘u berishda ham foydalansa bo‘ladi.

Xo‘sh, do‘konlardagi turli-tuman sponjlar orasidan o‘zingizga keraklisini qanday qilib tanlash mumkin?

Pardoz sponji nima degani?

Sponj qanday shakl yoki o‘lchamda bo‘lmasin, kichik gubka bo‘lagidan boshqa narsa emas. U quruq va kremsimon vositalarni teri yuzasiga surtish uchun ishlab chiqilgan. Rumyana, tonal kremlar, xaytayler, konsiler ham shular sirasiga kiradi. 
Sponjlar turli materiallardan - lateks, paxta, sellyuloza, porolondan tayyorlangan bo‘lishi mumkin. Ular orasidagi porolon eng universal vosita hisoblanadi. Bu turdagi sponjni istalgan turdagi krem va pardoz vositasini surtish uchun qo‘llasa bo‘ladi. 
Shakl masalasiga kelsak, bu boradagi eng ommabop ko‘rinish - tuxumsimon shakl sanaladi. U pardoz vositalarini yengil va tabiiy ko‘rinishda bo‘lishiga yordam beradi, burun chetlari, ko‘z burchaklariga ham "yetib bora oladi" va ularni mukammal holatda pardozlaydi.

Sponj pardozda qanday qo‘llaniladi?

Avvalo surtilishi kerak bo‘lgan vosita tarkibiga diqqat qiling. Agar u suyuq ko‘rinishda bo‘lsa, sponjni suv ostida chayib olasiz va qattiq siqib, pardozni boshlaysiz. 

Tonal vositasini kaftning yuqori tomoniga ozroq chiqarib olgancha unga sponjni tekkizib olish kerak bo‘ladi.

Jarayon yegil harakatlar bilan uqalovchi yo‘nalishlarda amalga oshirilishi lozim. Agar sizning sponjingiz tuxumsimon shaklda bo‘lsa, uning qalin tomoni yuz perimetri, uchli tomonini esa ko‘zlar osti, burun chetlari uchun qo‘llang. 

Qanday saqlash darkor?

Sponj uchun alohida idish ajratib qo‘ygan ma’qul. Ana shunda u pardoz qutichasidagi changni o‘ziga tortib olmaydi.
Vositani har ikki oyda bir marta almashtirish kerak. Garchi yangiday turgan bo‘lsa ham, sotib olganingizga ikki oy to‘lgan bo‘lsa, yangi sponj harid qilishni unutmang.
Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Обсудить (0)