» » » Uyni shvedcha tozalash tizimi

Uyni shvedcha tozalash tizimi

Uyni shvedcha tozalash tizimi
Layfxak / Qiziqarli
Prizma
Фото: c просторов интернета
20:01, 06 апрель 2020
93
0
Ushbu usul nafaqat uyingizni, balki shaxsiy buyumlaringizni ham tartibga keltirish uchun yordam beradi. Uydagi tozalash ishlarini tez va qisqa fursat ichida maksimal darajadagi samaradorlik bilan amalga oshirishda quyidagi jihatlarga diqqat qarating. 

1. Keraksiz narsalardan halos bo‘lish
Biz odatda uyni tozalash vaqtida hamisha ma’lum bir buyumning kelgusida kerak bo‘lib qolishi mumkinligi haqida o‘ylayveramiz. Natijada kiyilmaydigan liboslar, ombordagi interyer buyumlari va boshqa narsalar uyda foydasiz yuk sifatida turaveradi. Shvedcha tozalash uslubi muallifi ushbu buyumlarni ko‘zni “chirt” yumgan holatda tashlab yuborishni tavsiya qiladi. Shunday ekan, tozalash ishlarini boshlashdan avval keraksiz narsalarni ko‘zdan kechiring va ularning ro‘yxatini tuzib oling. 

2. “Ortiqcha narsalardan qutulish” operatsiyasi
Uyingizda sizga kerak bo‘lmagan, ammo tashlab yuborishga ko‘zingiz qiymaydigan narsalar bormi? Ularni belgilangan usulda saralab chiqing. Kiyimlar, idishlar, qurilish ashyolari, kitoblar, o‘yinchoqlar va shu kabi buyumlarni alohida ko‘rinishga keltirib oling.

Ularning har biri uchun karton quti yoki paket izlab toping. Ushbu buyumlarni tanishlaringiz, do‘stlaringiz, qarindoshlaringizga hadya qilishingiz mumkin. Ayrimlarini esa internet tarmog‘i orqali sotib yuborsangiz ham bo‘ladi. 

3. Voz kechish qiyin bo‘lgan buyumlar (suratlar, albom va maktublar)
Ushbu usul muallifi tashlab yuborish zarariy bo‘lgan buyumlar qatorida kiyilmaydigan liboslar, sizga sig‘may qolgan ko‘ylaklar, keraksiz narsalarni tilga oladi.

Eski suratlar, kundaliklar va maktublar bilan xayrlashish esa mutlaqo oson bo‘lmaydi. Ammo, ushbu buyumlar sizga biror foyda keltira olmasa, ularni ham tashlab yuborganingiz ma’qul. 

4. Rejalaringizni yaqinlaringiz bilan bo‘lishing
Ushbu usul haqida boshqalarga ham aytib berish orqali uni yanada ommalashtirishingiz va kerakli motivatsiya olishingiz mumkin.

Shuni unutmangki, uydagi keraksiz buyumlardan halos bo‘lish ichki hotirjamlik va tartibga ham sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, tez orada uyingizga tashrif buyuruvchi Yangi yil bayramini ham ortiqcha muammolarsiz qarshi olasiz. Bilsangiz, Ispaniyada mahalliy odamlar Yangi yil kuni eski buyumlardan halos bo‘lish uchun ularni derazadan pastga qarab uloqtirar ekanlar. Uyingiz, salomatligingiz, go‘zalligingiz, qulaylik va yaxshiroq yashashingiz uchun kerak bo‘lmaydigan har qanday buyumni ko‘zdan nariga uloqtiring. 

Ushbu usulni sinab ko‘rgach, natijasini bizga ham aytarsiz-a? 
Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Обсудить (0)