» » » Koronavirus: Tajribali shifokordan 5 maslahat

Koronavirus: Tajribali shifokordan 5 maslahat

Koronavirus: Tajribali shifokordan 5 maslahat
Qiziqarli
Prizma
Фото: c просторов интернета
13:35, 14 апрель 2020
315
0

Birov yo‘talgan vaqtda yuzingizni boshqa tomonga buring

Koronavirusning birlamchi belgilaridan biri quruq yo‘tal hisoblanadi. Shamollagan insonda yo‘tal tumov, burun oqishi va aksirish bilan birga kechishi aniq. Ammo, qarshingizdagi inson faqat yo‘talayotgan bo‘lsa, boshqa barcha tomondan sog‘lom odamni yodga solsa, undan uzoqroq turishga harakat qiling. O‘zingizda aynan  shu kabi belgilar yuzaga kelgan holatda ham zudlik bilan shifokorga murojaat qilishni unutmang.


Ko‘proq issiq ichimlik iching

Uxandan tarqalgan yangi turdagi koronavirus tahminlarga ko‘ra, 27 gradusdan balandroq haroratda yashay olmaydi. Shu sababli ham ko‘proq issiq ichimliklar - choy, kompot va qahva ichishga harakat qiling. Quyosh nuri ostida sayr qilish ham juda foydali (karatin qoidalari bunga imkon bergan holatdagina). Jamoat joylaridan qancha uzoqroqda bo‘lsangiz, o‘zingiz va oila a’zolaringizni kasallikdan himoya qilsangiz, ayni muddao bo‘ladi. 


Niqob kerakmi?

Ko‘rinmas virus o‘lchami yetarlicha katta bo‘lib, tibbiy niqob uni inson organizmiga tushib qolishidan himoya qiladi. Ammo, faqatgina niqobning o‘ziga ishonib qolmang. Ko‘chaga kamroq chiqing, aksa urgan va yo‘talgan insonlardan ehtiyot bo‘ling, antiseptik vositalardan muntazam ravishda foydalaning.


Qo‘llarni yuvish - shart!

Har qanday yuza ustiga tegingandan so‘ng qo‘llaringizni sovun bilan erinmay yuving. Virus metall yuza ustida 12 soatgacha yashashi mumkin. Ko‘chadan uyingizga qaytib kirgan zahoti qo‘llaringizni sovun bilan yuvib olgancha antiseptik yordamida zararsizlantiring. Qo‘l yuvish jarayoni 3 daqiqadan kam bo‘lmasligi kerak. Agar antiseptik vosita harid qilishga ulgurmay qolgan bo‘lsangiz, uni mustaqil ravishda tayyorlashingiz ham mumkin. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bu borada uch hil retseptni tavsiya qilmoqda:
1. 800 ml spirt+ 14,5 ml glitserin + 42 ml vodorod peroksidi + 20 ml distillangan suv
2. 750 ml izopropil spirti  + 14,5 ml glitserin +42 ml vodorod peroksidi  + 20 ml distillangan suv
3. 160 ml tibbiyot spirti + 80 g aloe vera geli 

Liboslaringizni har kuni yuving

Virus matolar ustida ham 12 soatgacha yashab qolishi mumkin. Ko‘chadan uyga kirgan vaqtingizda dush qabul qilib olgancha kiyimlaringizni almashtiring va yuvib, quriting. Virusni zararsizlantirish uchun unga kir yuvish kukuni kifoya qilar ekan.


Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Обсудить (0)