» » » Nochor insonlarning boy bo‘lishiga to‘sqinlik qiluvchi hayotiy prinsiplar

Nochor insonlarning boy bo‘lishiga to‘sqinlik qiluvchi hayotiy prinsiplar

Nochor insonlarning boy bo‘lishiga to‘sqinlik qiluvchi hayotiy prinsiplar
Qiziqarli
Prizma
Фото: c просторов интернета
13:40, 14 апрель 2020
819
0

Maishiy texnika sotib olasiz, ammo ta’lim haqida o‘ylamaysiz

Qulaylik haqida orzu qiluvchi har bir inson aynan shunday yo‘l tutishi aniq. Ammo, dunyo shiddat bilan o‘zgarib borayotgan bir vaqtda bilim hamda ko‘nikma jihatidan ham ortda qolayotganingizni hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Balki bu oy pulingizni yangi maishiy texnika sotib olish uchun emas, malakangizni oshirish uchun sarf etarsiz? Badavlat insonlar o‘z farzandlariga qimmatbaho mashina olib berishni emas, uni turli to‘garaklarga jalb qilishni afzalroq bilishadi. 


Qimmatbaho libos hamda aksessuarlar orqali yoqimli taassurot qoldirishga harakat qilasiz

Taniqli brenddan olingan soat, qimmatbaho aksessuarlar, libosdagi mashxur firma yorlig‘ini namoyish qilishga urinish - boy inson kabi taassurot uyg‘otishni istaydigan odamlar ishi. Misol uchun, Alibaba Group asoschsi, milliarder Jek Ma hech qachon soat taqib yurmaydi. U vaqtni smartfon orqali ham aniqlash mumkinligi, strelkali soatlar allaqachon o‘tmishning bir qismiga aylanib qolganini ta’kidlaydi. 


Minnatdor bo‘lishni bilmaysiz

Badavlat va oliy darajada tarbiya ko‘rgan insonlar hech qachon do‘kondagi sotuvchi, qahvaxonadagi xizmatchiga past nazar bilan qaramaydi, farroshga nisbatan ham yuksak darajadagi hurmat bilan muomala qiladi. U barcha nisbatan birdek munosabatda, doim jilmayib turadi va yuksak ahloqi bilan boshqalarga ham namuna bo‘la oladi.


Bekorchi gaplar bilan vaqt o‘tkazasiz

Haqiqatan badavlat odamlar hamisha kam gapirib, ko‘proq ish qilishga intiladilar. Ular har ikki gapning birida boyligi bilan barchaga maqtanmaydi, Istagram orqali yangi olgan mashinasi yoki sotib olgan kiyimlarini maqtanib o‘tirishni o‘ziga ep ko‘rmaydi. U barcha rejalarni sukut bilan amalga oshiradi, bekorchi gaplar uchun ortiqcha vaqt sarflamaydi. 


Zamonaviy gadjetlarga mukkasidan ketgansiz

Ijtimoiy nufuzingizni boshqalarga namoyish qilish uchun qo‘lingizda so‘nggi rusumli telefon bo‘lishi shart emas. To‘g‘risini aytganda, bu kabi vositalar faqatgina ortiqcha pul sarflashga sabab bo‘ladi holos. Ana shu pulni biznesingizni rivojlantirish uchun sarf etishingiz ham mumkin-ku!


Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Обсудить (0)