» » » Kinofilmlarning eng maftunkor salbiy qahramonlari

Kinofilmlarning eng maftunkor salbiy qahramonlari

Kinofilmlarning eng maftunkor salbiy qahramonlari
Qiziqarli
Prizma
Фото: c просторов интернета
11:34, 28 февраль 2020
202
0

Malefisenta

Anjelina Jolining Malefisenta filmidagi ijrosi hech qanday so'z bilan tariflab bo'lmas darajada beqiyosdir. Aytishlariga qaraganda Anjelina ushbu filmdagi roli uchun grimdan tortib, libos tanlash jarayonida ham o'zi bevosita ishtirok etgan. 

"Oppog'oy va ovchi" filmidagi qirolicha Ravenna

Albatta ushbu filmdagi Styuartni sevuchilar ko'plab topiladi. Biroq iste'dodli Sharliz Teronning ijrosiga ham bee'tibor boqib bo'lmaydi. Aktrisadan juda chiroyli qirolicha va o'gay ona chiqdi. Aktyorlik mahorati va liboslar... Hammasi bo'lib, malika 1ta film uchun 20 ta ko'ylak kiyib suratga tushdi, ularning ba'zilari kadrda atigi bir necha soniya paydo bo'lgan halos. Hech ikkalanmay shuni aytib o'tish kerakki, bu film qayta-qayta ko'rib chiqishga arziydi.

"Oppog'oy va gnomlar" filmidagi Klementinna

Butunlay o'zgacha kayfiyat, boshqacha uslub va tomoshabinga ega Oppog'oy mavzusidagi yana bir film.  Julia Roberts bu filmdagi rolni a'lo darajada bajardi va bu uning qahramoni hazil-mutoyibasi, narsisizm va o'ziga xoslik hissini qo'shdi. Uning qizil ko'ylagi xo'roz bilan uyg'unlashtirilgan - yorqin, juda bashang va qimmat. Ammo biz shunday ijrolar orqali hatto yomon qahramonlar ham kulgili va qaysidir darajada yoqimli ekanligini ko'ramiz. Buning sababi, ular haqiqatan ham xohlagan narsalarini tan olishdan qo'rqmaydilar. 


"Aka uka Grimmlar" dan olingan Ko'zgu qirolichasi

Monika Beluchchi o'ynagan har qanday rolni ajoyib va jozibali deya hisoblaymiz. Biroq uning "Aka-uka Grimmlar" dagi zolim qirolicha obrazi shunchaki beqiyos... Monika bu zolim qirolicha roliga hayot, jozibadorlik, yashirin ayol sehrini taqdim eta oldi.

Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Обсудить (0)