» » » Dunyodagi eng qimmatbaho tortlar reytingi

Dunyodagi eng qimmatbaho tortlar reytingi

Dunyodagi eng qimmatbaho tortlar reytingi
Qiziqarli
Prizma
Фото: c просторов интернета
19:11, 05 март 2020
192
0

Malika Diananing nikoh to’yi torti — $ 40 000

1981 yilda Diana Frensis Spenserning Kornuoll va Rotsey gertsogi shahzoda Charlzga turmushga chiqishi munosabati bilan pishirilgan ushbu tort to’y marosimini tarixga olib kirgan omillardan biri bo’ldi. To’y marosimidan so’ng Diana malika nomi bilan atala boshladi, dunyo halqlari tomonidan eng ko’p suratga olinadigan ayolga aylandi.
Malika Diananing to’y marosimiga tayyorlangan tort uchun $ 40 000 sarf etilgan bo’lib, uning bir nechta bo’lagi hanuzgacha saqlanib qolgan va ularning har biri auktsionlarda $ 2 000 evaziga sotiladi.

Platina torti – $ 130 000

Odatda aksariyat zargarlar o’z mahsulotlarini reklama qilish uchun gazeta, jurnal yoki internet orqali e’lon beradilar. Yaponiyalik qandolatpaz Nobue Ikara esa platinadan yaratilgan tort har qanday ayol uchun mukammal sovg’a bo’lishi haqida hayol qilib, narhi $ 130 000 ga teng bo’lgan ajoyib tort yaratdi. Tortning ustki qismi platina zanjirlari, kulon hamda marjonlar bilan bezatilgan.

Olmosli tort – $ 850 000

Haqiqiy olmos toshlari bilan bezatilgan mazkur shokoladli tort Yaponiyaning Osaka shahridagi univermaglarning birida namoyish etilgan. Shef-qandolatpaz Masami Miyamoto tortni kurortlar mavsumida savdo hajmini oshirish uchun yaratgan, ammo hech kim ushbu tortni $ 850 000 evaziga sotib olmagan.

“Yaltiroq chang” torti – $ 1,3 mln

“Yaltiroq chang” torti 2009 yilda o’tkazilgan Dallas Lyuks yarmarkasi uchun tayyorlangan bo’lib, oltin va kumush sohasidagi savdo birjasi Dallamga tortni $ 1,3 mln lik zargarlik bezaklari bilan yasatish imkonini beрgan. Tortning ustki qismi silliq glazur bilan qoplab chiqilgan va million dollarlik qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan.

"Afrika" torti - $ 5 mln

Tokioda joylashgan zargarlik do’konlaridan birining egasi Afrika mamlakati ko’rinishidagi tort yaratib, uni 2000 dona olmos ko’zlar bilan bezatib chiqqan. Internet olamidan nahri $ 5 mln ga baholangan ushbu tortning faqat bittagina rasmini topish mumkin.

"Bridal shou" torti - $ 20 mln

Har yili Kaliforniyaning Beverli-Xillz hududida bo’lib o’tadigan Bridal hashamat shousi yildan yilga dabdabavor bo’lib bormoqda. 2006 yilda shou uchun qandolatpaz Naxid Parsa tomonidan oltin yormalari va ko’plab olmoslar bilan bezatilgan tort tayyorlandi. 20 million dollarlik mazkur tort iste’mol qilinganmi yoki shou paytida sotib yuborilganmi – ma’lum emas.

"Gala tort" - $ 30 mln

Social Life Magazine nashri bosh muharriri Debora Rouz hashamat tushunchasining ashaddiy shaydolaridan biri. U “Konditerlar qiroli” realiti-shousi asoschisini izlab topib, o’z bazmlaridan biri uchun unga maxsus tort buyurtma qilgan. Tortning umumiy qiymati 30 million dollarga baholangan va ko’plab qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan.

"Qaroqchilar fantaziyasi" torti - $ 35 mln

Mazkur tort 2012 yilda dunyoning eng qimmatbaho torti deya tan olingan. Qaroqchilar kemasi ko’rinishdagi va qimmatbaho tosh hamda taqinchoqlar bilan to’lib-toshgan ushbu tort Shri Lanka shef-oshpazlar gildiyasi rahbari Dimutu Kumarasingxe tomonidan yaratilgan va uning har bir qavati turlicha maza, xususan shokolad, qovoq va limon ta’mini bergan.

Koinotning eng qimmatbaho torti - $ 75 mln

Birlashgan Arab Amirliklarida istiqomat qiluvi shayxlardan biri ushbu tort uchun buyurtma berishda hech qanday jahon rekordi haqida o’ylab ko’rmagan ham. U shunchaki o’z qizining tug’ilgan kuni uchun mutlaqo o’zgacha bo’lgan tort izlagan. Shayx bu borada tortlar dizayneri Debbi Uingxemga murojaat qilgan va shu tariqa ushbu tort yaratilgan.
Uning narhi esa 75 million dollar miqdoriga bo’lib, 1,87 metrli moda namoyishi podiumi kabi ko’rinishga ega. Podiumdagi barcha modellar va ularning liboslarini iste’mol qilish mumkin. Tort ustiga esa qimmatbaho toshlar, jumladan turli hil rangdagi va 45 mln dollarga baholangan olmoslar sepib chiqilgan.

Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Обсудить (0)